O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari prorektorlari Qozon shahrida malaka oshirmoqda.

Yigirmadan ortiq prorektorlar intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish masalalarida Qozon universiteti tajribasini o’zlashtiradilar.

Ularga asosiy biznes jarayonlari, tezlashtirish vositalari, loyiha faoliyatining bosqichlari, audit va loyihada inson resurslarini boshqarish haqida so‘zlab beriladi.

Bundan tashqari, ular intellektual mulkni yaratish va rivojlantirish vositalari bilan tanishadilar.