Open Doors: Russian Scholarship Project xalqaro olimpiadasi

Magistratura abituriyentlari uchun xalqaro olimpiada eʼlon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 10-dekabr.

Magistratura abituriyentlari uchun toʻrtinchi Open Doors: Russian Scholarship Project xalqaro olimpiadasi boshlandi. Ushbu olimpiada talabalarga Rossiyaning eng yaxshi oliygohlari magistr dasturlariga oldinda qabul qilinish va ularda bepul taʼlim olish imkonini taqdim etadi. 

Olimpiada dasturi yordamida chet el mamlakatlaridan boʻlgan iqtidorli talabalar «yagona darcha» tizimiga binoan kirish imtihonlarisiz magistratura talabasiga aylanishi mumkin, bunda talaba Rossiyaning 80 ta shahridagi 500 universitetdan birini tanlashi mumkin. 

Olimpiada gʻolib va sovrindorlari oʻzlari tanlagan oliygohga asosiy imtihonlar boshlanishidan avval qabul qilinadi. 

Talablar: 

Olimpiadada RF fuqarosi boʻlmagan, bakalavr diplomiga ega yoki 2022-yilda bakalavr bosqichini yakunlayotgan barcha mamlakatlar fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Olimpiada ikki bosqichda oʻtkaziladi. Ishtirok etish uchun loyiha saytida roʻyxatdan oʻtish lozim. Saralash bosqichida 2021-yil 10-dekabrgacha saytga yuklangan portfoliolar koʻrib chiqiladi. Saralangan nomzodlar 2022-yil 13–23-yanvar kunlari oʻtkaziladigan ikkinchi bosqichga taklif etiladi. Gʻolib va sovrindorlar roʻyxati 2022-yil 23-martda eʼlon qilinadi. Olimpiada topshiriqlarini bajarish va OTMda taʼlim olish jarayoni rus va ingliz tillarida olib borilishi mumkin. 

Tashkilotchi – «Global universitetlar» assotsiatsiyasi

Tanlov toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.

https://od.globaluni.ru/