Oliy taʼlim vazirligi litseylarga kirish imtihonlari jadvalini eʼlon qildi.

Abituriyentlar litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan imtihonlarda qatnashish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari kerak. Buni 12 iyul soat 15:00 dan boshlab amalga oshirish mumkin. Litseylarga kirish imtihonlari 13-16 iyul kunlari ikki smenada o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, abituriyentlar imtihonlarga o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari kerak bo‘ladi:

– shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug’ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID-karta)
– imtihon topshirishga ruxsatnoma.

Batafsil maʼlumotni litseylarning Call-markazlari, shuningdek, @eduuzuniversalbot Telegram boti orqali olish mumkin.