Oksana Chusovitina bilan do‘stona suhbat

Olimpiada oltin medali sohibasi Oksana Chusovitina 11-oktyabr kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universitetiga tashrif buyurdi.

WIUT talabalar kengashi sakkiz karra olimpiadada ishtirok etgan gimnastikachini alohida eʼtibor bilan qarshi oldi. Sportchi olimpiada o‘yinlarida ikkita medalni: 1992-yilda Barselonada jamoaviy oltin medalni va 2008-yilda Pekindagi juftlik musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Oksana talabalarga oʻzining sport olamidagi bebaho tajribasi va tanlangan sohada qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqida aytib berdi. U talabalarni oʻzlari astoydil yaxshi koʻradigan va qiziqadigan maqsadlar tomon intilishga chorladi.

Chusovitina Oʻzbekistonda sportni rivojlantirish boʻyicha ulkan islohotlar amalga oshirilayotganini va yoshlar hayotida sportning rolini oshirish borasida hukumat tomonidan berilayotgan koʻmakni koʻrib, baxtiyor ekanligini ta’kidladi.

Talabalar kengashi va universitet maʼmuriyati yoshlarga koʻrsatayotgan namunasi, shuningdek, qatʼiyati, tirishqoqligi va erishgan yutuqlari uchun mehmonga minnatdorchilik bildirdi.