Ochilmagan jinoyatlar uchun institut ochildi

Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi.

Institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga ko‘mak beradi.

Shuningdek, Institut tomonidan ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik maʼlumotlar yig‘iladi.

Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko‘rib chiqish va xulosa berish institut tomonidan amalga oshiriladi.

Institut direktori adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.