Oʻzbekiston tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalarining II forumi oʻtkazildi

Samarqand shahrida joriy yilning 15-16-mart kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalarining II forumi boʻlib oʻtdi.

Unda respublikadagi 10 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasidan yuzdan ortiq talabalar ishtirok etdi. Forum davomida 10 dan ortiq intellektual va sport tadbirlari tashkil etildi hamda sohaning yetakchi mutaxassislaridan maʼruzalar tinglashdi.

Forumdan maqsad tibbiyotning fundamental va amaliy fanlari boʻyicha talabalarning bilim darajasini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash, ularni jahon va milliy tibbiyot merosiga jalb qilishdir.