Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmatlar boʻyicha jahon chempioni boʻldi.

Oʻzbekistonlik 17 yoshli shaxmatchi tezkor shaxmatlar (rapid) boʻyicha eng yosh jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek 26–28-dekabr kunlari Varshavada oʻtkazilgan tezkor shaxmatlar (rapid) boʻyicha jahon chempionatida gʻalaba qozondi.

U gʻalaba yoʻlida Magnus Karlsen, Yan Nepomnyashey, Fabiano Karuana, Levon Aronyan va boshqa turnir ishtirokchilari ustidan gʻalaba qozondi.

13 ta tur natijalariga koʻra, toʻrt ishtirokchi (Nodirbek Abdusattorov, Yan Nepomnyashey, Magnus Karlsen, Fabiano Karuana) 9,5 ochkodan toʻplagan edi, biroq koʻrsatgan aʼlo qoʻshimcha koʻrsatkichlari tufayli jahon chempioni unvoni uchun Abdusattorov va Nepomnyashey kurashdi. 

Ikki partiyadan iborat tay-breyk bilan ilk match durrang natija bilan taʼminlandi, ikkinchi matchda esa Nodirbek Abdusattorov oʻz raqibini magʻlub etdi.

17 yoshli shaxmatchi rapid boʻyicha eng yosh jahon chempioni deb topildi va 60 000 dollar miqdoridagi sovringa ega boʻldi.

Nodirbek Abdusattorov – oʻzbekistonlik grossmeyster, shaxmat tarixidagi eng yosh grossmeyterlardan biri. 2012-yilda 8 yoshgacha oʻyinchilar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi. Ikki yildan soʻng, 9 yoshida Agzamov memorialida ikki grossmeyster, Andrey Jigalko va Rustam Xusnutdinov bilan bahsda gʻolib boʻladi. 2015-yil 11 yoshida jahonning top-100 yuniorlariga qoʻshilish boʻyicha rekord qoʻyadi.