Nodavlat oliygoh talabalari uchun ham stipendiyalar moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarining filiallari va nodavlat OTMlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra:

– Oliygohlar – har yili 15-oktyabrga qadar joriy oʻquv yili uchun stipendiya oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan stipendiya miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritadi;

– Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1-noyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan joriy oʻquv yili uchun stipendiya toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.