JIDU Navro‘z bayramini nishonlamoqda

22-mart kuni tashkil etilgan tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yotoqxonasida bo‘lib o‘tdi.  Bayram davomida mehmonlar uchun darts va arqon tortish musobaqalari, futbol tashkil etildi. Aytish joizki, bayramda talabalar bilan birga universitet o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.

Musobaqa va o‘yinlardan so‘ng universitet rahbariyati tomonidan bayramona osh dasturxoni tashkil etildi.