Navoiy davlat pedagogika institutining o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi G.M. fuqaro Sh’ni Toshkent shahrida ishlovchi tanishlari orqali ushbu institutning jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yib, so‘ngra boshqa institutga ko‘chirib berish evaziga 2 000 AQSH dollarlarini olgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida, institut talabasi B.R. hamda institutning yana bir o‘qituvchisi S.M. 2 000 AQSH dollarlarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.