NamDU talabalari ko‘zi ojiz talabalar uchun yangi avlod kartasini yaratdilar

NamDU talabalari ko‘zi ojiz talabalar uchun yangi avlod “Innovatsion relyef xaritasi”ni yaratdilar.

Ushbu innovatsion xaritadan foydalanish jarayonida ko‘zi ojiz talabalar qo‘llari bilan relyefga tegib ma’lumot olishlari, shuningdek, xaritaning o‘zida o‘rnatilgan mikroplanshet va ovozli qurilmalar orqali tanlangan hududlar haqida audio ma’lumotlarni olishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining Namangan viloyati yoshlari bilan Norin tumanida o‘tkazilgan uchrashuvida Namangan davlat universiteti talabalari ko‘zi ojiz talabalar uchun yangi avlod «Innovatsion relyef xaritasi»ni yaratish boʻyicha loyihani amalga oshirish taklifini bildirgan edi.

2021-yil 2-iyul kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «Boʻlajak olim» tanlovida g‘olib bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun universitet talabalariga 3D-printer sovg‘a qilindi va shuningdek vazirlik tomonidan 83,2 million so‘m ajratildi.