Namanganlik o‘quvchi 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi

Namangan shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Hikmatilla Xudoyberdiyev muddatidan avval 18 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi. U yana 20 ta universitetdan javob kutmoqda.

U matematika va ingliz tilidan 1310 ball to‘plab, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘ldi. 18 ta xorijiy OTM, jumladan, AQSHning Sinsinati, Arizona, Kolorado, Minnesota, Buffalo, Shveysariyaning Franklin universitetlariga muddatidan oldin o‘qishga kirib, jami 1,3 million dollar miqdoridagi grant sohibi bo‘ldi.