Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi medotikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisi N.Sh. o‘qituvchi D.X. 20 nafar o‘qituvchining oylik maoshiga ustama qo‘shilishini ta’minlovchi va 39 nafar abituriyentga oliy o‘quv yurtiga kirishga imtiyoz beruvchi “Milliy sertifikat” olib berishni va’da qilib. Buni evaziga jami 17 ming 700 dollar talab qilib, shundan 6 ming 600 dollarni qo‘lga kiritib, qolgan 11 ming 100 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Davom etgan tezkor tadbirda Qarshi shahridagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi Sh.R. o‘qituvchi va abituriyentlarga qalbaki “Milliy sertifikat” tayyorlab berish evaziga N.Sh 6 ming 600 dollarni olganligi aniqlanib, yana 11 ming 100 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.