Melburn universitetining tadqiqot dasturi

Bakalavr talabalari uchun dasturga qabul boshlandi. Dedlayn – 2021-yil 30-noyabr. 

Melbourne International Undergraduate Scholarship tadqiqot stipendiyasi Melburn universitetida bakalavr bosqichida ta;lim olayotgan xorijiy talabalarga beriladi.

Melburn universitetiga qabul qilinayitgan barcha talabalar ushbu stipendiyaga nomzod sifatida ro‘yxatga olinadi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Ta’lim xarajatlari qisman yoki to‘liq qoplanadi, stipendiya miqdori akademik yutuqlar va oldingi akademik natijalarga nisbatan hisoblanadi.

Talablar: 

•  Bakalavr bosqichi uchun hujjat topshirish yoki tegishli bakalavr bosqichi talabasi bo‘lish.

•  Avstraliya fuqarosi bo‘lmaslik.

Dastur to‘g‘risida batafsil ma’lumotni bu yerda olish mumkin.