Maqsadli qabulning qanday afzalliklari bor?

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent maxsus kvota (agar maqsadli qabul parametrlari abituriyentning doimiy yashash joyi uchun ajratilgan bo’lsa) doirasida ham, ushbu yo’nalishi bo’yicha umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyentlar faqat ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha umumiy tanlovda qatnashadilar.

Eslatma: maqsadli qabul asosida qabul qilingan abituriyentlar o‘qishni tamomlagandan keyin 5 yil davomida tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat idoralarida ishlashi shart.