UITda IT-loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi

2022-yil 31-mart kuni qizlar o‘rtasida innovatsion loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ishtirok etgan tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Women va IT Park ko‘magida tashkil etildi.

Ko‘rgazma davomida UIT 3-kurs talabasi Sevinch Maxmudova oʻzining «Jahonga mashhur loyihalar qanday paydo bo‘ladi. SunChild – Daun sindromi bilan tug’ilgan bolalar va ularning ota-onalari uchun dastur» loyihasini taqdim etdi.

Shuningdek, UIT 1-kurs talabasi Nigora Ahmedova, Farangiz Nutfilloeva va Shahrizoda Isoyeva bolalarga tez oʻqish texnikasini oʻrgatish uchun moʻljallangan «Quick Reading Academy» loyihasini taqdim etdi.