Linguaskill sertifikatlari qabul paytida hisobga olinadi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan quyidagi tartib belgilandi:
2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining bakalavriga o‘qishga qabul qilishda Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro sertifikati faqatgina Cambridge Assessment English tashkilotining rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan imtihon markazlarida tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi.

Magistraturada Linguaskill bilan hujjat topshirish quyidagicha:

2023-yil 23-martgacha olingan va tegishli darajadagi Linguaskill sertifikati, qayerdan olinganidan qat’i nazar (onlaynmi, offlaynmi farqi yo’q) — o’tadi;

2023-yil 23-martdan keyin olingan Linguaskill sertifikati, qayerdan olinganidan qat’i nazar — o’tmaydi.