«O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra:
2023/2024 o‘quv yilidan professional va oliy ta’lim tizimida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari», «Bola huquqlari» bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi. 2023 yil 1 iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy ta’lim tashkilotlarining aniq ro‘yxati shakllantiriladi.
1 iyundan boshlab har yili «Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovasiyalar» milliy tanlovi o‘tkazib boriladi.