​Koreyalik professorni vebinari oʻtkazildi

21-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti Toshkent davlat Stomatologiya instituti bilan hamkorlikda ishtirokida Koreya Respublikasini Bundang Cha universiteti professori Jong Woo Kim tomonidan “Oʻtkir qorin sindromi” mavzusida onlayn vebinar boʻlib oʻtdi. Vebinarda institutlarning professor-oʻqituvchilari, kafedra rezidentlari va talabalari qatnashdilar.

Onlayn vebinarda Koreyaning Bundang Cha klinikasi bosh shifokori, Laparoskopiya sohasida yetuk mutaxassis, koloproktolog-onkolog Jong Vu Kim ishtirokchilarga qiziqarli video prezentatsiya bilan oʻrtoqlashdi va klinik holatlardan misollar keltirib oʻtdi.

Onlayn vebinar savol-javoblar bilan, koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi.