Keyingi o‘quv yillaridan imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin

Abituriyentlar test natijalari maʼlum bo‘lganidan so‘ng yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda yangi o‘quv yiliga oid o‘zgarishlarga bag‘ishlangan suhbatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov maʼlum qildi.

Keyingi o‘quv yillaridan abituriyentlarga hujjat topshirayotganda emas, imtihonga kirib, test natijalari chiqqandan keyin yo’nalish tanlash imkoniyati berilishi mumkin. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri mazkur tartib ustida ish boshlanganini aytdi.