Kalacheva School rasm chizish bo’yicha 10 ta bepul kursni ochdi

Maktab barcha chizishni istaganlar uchun 50 ta bepul darslarni taklif etadi.

Kalacheva nomidagi maktabda mashhur texnikalar bo’yicha 10 ta onlayn kurslar va 50 ta rasm chizish darslari mutlaqo bepul boshlandi.

Ularda qatnashih uchun ro’yxatdan o’tish, so’rovnomani toʻldirish va ijodiy afzalliklaringiz va chizish mahoratingiz haqidagi bir nechta savollarga javob berish kifoya. Ilovani yuklab olgandan keyin esa boshqa o’quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Bundan tashqari, maktab turli xil treninglarni taklif qiladi: chizmachilik asoslaridan tortib digital-kurslargacha, o’qituvchilar bilan darslar, boshqa ishtirokchilar bilan muloqot, shuningdek, o’z rasmlaringizni baham ko’rish imkoniyati. Maktab o’z veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda eng zo’r ishlarni joylashtiradi.

Onlayn treninglar qanday o’tadi?

Barcha darslar HD sifatda yozib olingan va ularni istalgan patda ko’rishingiz mumkin.

Onlayn kurslarga bu yerda a’zo bo’ling.