Jurnalistika boʻyicha yozgi institut uchun qabul boshlandi

Oʻrta Osiyodagi Amerika Jurnalistika instituti yozgi dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 2022-yil 1-martgacha davom etadi.

Markaziy Osiyodagi yozgi jurnalistika instituti jurnalist va jurnalistika fakulteti talabalariga jurnalistika va ommaviy axborot vositalari sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni oʻrganish imkonini beradi.

Amaliyot davomiyligi 3 hafta boʻlib (2022-yil 13-iyundan 2022-yil 1-iyulgacha), Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkaziladi.

O‘quv modullari mediasavodxonlik, axborotlar bazasi jurnalistikasi va yangi media texnologiyalarini qamrab oladi. Yozgi institut rus tilida olib boriladi.

Dastur quyidagilarni taklif qiladi:

• stajirovka o‘tash joyiga borish va qaytish xarajatlari qoplanishi;

 • bepul turar joy;

 • ovqatlanish xarajatlarining qoplanishi;

 • baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash va dastur materiallari bilan taʼminlash.

Tashkilotchilar Yozgi institutning taklif qilingan kursini (3 hafta) toʻliq yakunlashga tayyor boʻlgan nomzodlarni koʻrib chiqadilar.

Talablar:

• nomzod Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki O‘zbekiston fuqarosi yoki rezidenti boʻlishi lozim;

• 18 – 30 yosh oraligʻida boʻlishi lozim;

• jurnalist yoki jurnalistika fakulteti talabasi boʻlishi lozim.

Ariza topshirish uchun:

https://fs3.formsite.com/Meridian1630/2022letniiinstitut/index.html