IT Park va Qashqadaryodagi OTMlar bo‘lajak startaperlar uchun xakaton tashkil etadi

28—29-aprel kunlari IT Park hamda Qashqadaryodagi OTMlar hamkorligida startapga qiziquvchi barcha yoshlar uchun “hack4Region” xakatoni tashkil etiladi. Xakaton ishtirokchilariga jamiyatimizdagi mavjud muammoni hal qiluvchi loyiha ishlab chiqish hamda uni jamoatchilik va hakamlar hay’ati e’tiboriga taqdim etish uchun 2 kun vaqt beriladi.

Tadbir yakunida muvaffaqiyatli startap loyihalari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Alohida yoki 3 kishigacha bo‘lgan jamoa bilan ishtirok etish mumkin.

Ro‘yxatga olish 2022-yil 25-aprelga qadar davom etadi va soat 15:00da tugaydi.

https://forms.gle/uFQsJsvx9QqNvvS36