IT-Park universiteti tashkil etiladi

Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Ta’lim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi va talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.

Universitetda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmogʻidan foydalangan holda masofaviy taʼlim shaklida hamda boshqa taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi