Isroil media agentligi asoschisi O‘zJOKUga tashrif buyurdi

25-mart kuni Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Bardenstein Communications asoschisi va bosh direktori Eliezer Bardenshteyn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida Bardenshteyn o‘zining PR-agentligining asosiy vazifalari haqida gapirib o‘tgan, shuningdek, ushbu soha bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

Tashrif so’ngida OʻzJOKU va Bardenstein Communications media agentligi oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.