International Cultural Service stipendiyasi

AQSHda chet ellik bakalavr talabalari uchun stipendiya eʼlon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 15-yanvar.

University of Oregon chet ellik bakalavr talabalari uchun International Cultural Service Program stipendiyasini taklif etadi. Stipendiya moliyaviy yordamga muhtoj va iqtidorli talabalarga qaratilgan. ICSP stipendiyasi bir qator madaniy xizmatlarni qamrab oladi va talabalardan bolalar, ijtimoiy tashkilotlar, talabalar, oʻqituvchilar va universitet xodimlari uchun oʻz  vatani toʻgʻrisida prezentatsiya oʻtkazish soʻraladi. Stipendiya talabalarga tanlangan bakalavr dasturi uchun beriladi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi: 

Stipendiya AQSh fuqarosi boʻlmagan talabalar uchun standart bakalavriat dasturida oʻqish xarajatlarini toʻliq qoplaydi. Har bir semestr uchun stipendiya miqdori oʻzgarmas shaklda belgilanadi. 

Talablar:

• Nomzodlar Oregon universitetiga qabul qilinishi kerak. Yangi talabalar 2022–2023-oʻquv yili uchun 2022-yil 15-yanvargacha ariza topshirishlari lozim.

• Nomzodlar AQSh fuqarosi, AQShda doimiy istiqomat qiluvchi yoki AQSh federal moliyaviy koʻmagini olish huquqiga ega shaxs boʻlmasligi lozim.

• Nomzodlar moliyaviy ehtiyojini koʻrsatishi va minimum talablarga javob berishi – oʻrtacha 3 ballga ega boʻlishi (4 ballik tizim boʻyicha) lozim.

• Nomzodlar madaniy tadbirlarda ishtirok etish tajribasiga, nutq soʻzlash va prezentatsiyalar oʻtkazish ko’nikmalariga, shuningdek, kuchli kommunikativ qobiliyatga ega boʻlishi kerak.

• Stipendiya sohiblari dastur talablariga muvofiq 1 yilda 80 soat madaniy xizmat koʻrsatishga rozilik beradilar. 

• Ingliz tilini bilish. 

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.