Inha talabalari Markaziy Osiyo Tumaris.Hack hakathonida g‘olib chiqdi

DeepTech yo‘nalishi bo‘yicha DNK jamoasi tarkibida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari, ICE fakulteti 3-kurs talabalari Yekaterina Mo‘minova, CSE fakultetidan Nodira Tillayeva, shuningdek, ALWIUT litseyi bitiruvchisi Diyora Daminova Markaziy Osiyo Tumaris.Hack hakathonida birinchi o‘rinni egalladi.

Bu jamoa 5 mamlakat: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan kelgan 31 jamoa orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Tumaris.Hack – qizlar uchun onlayn tanlov bo’lib, unda 2 kun ichida mutaxassislar ko’magida ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi mahsulotlar prototiplari yaratiladi.
Xakatonning umumiy mukofot jamg’armasi 6 000 dollarni tashkil etdi.