Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytiriladi

Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida internet tizimidagi texnik nosozliklar sababli abituriyentlar tomonidan hujjatlarni onlayn tarzda topshirishda muammolar yuzaga kelmoqda.

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda, qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarni ro‘yxatga olish muddatini uzaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.

Bu masala yaqin vaqt ichida ijobiy hal etilishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar va ularning ota-onalari bu haqda SMS xabarlar va hududiy telekanallar orqali qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.