IELTS sertifikati bor talabalarga vazir stipendiyasini berish yo‘lga qo‘yiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov O‘zbekistonda mavjud 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi talabalar orasidan 7,5 va undan yuqori bo‘lgan ingliz tili IELTS sertifikatiga hamda, nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi C1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga vazir stipendiyasini joriy etilishini ma’lum qildi. Mamlakatdagi har bir tibbiyot universitetining besh nafargacha talabasi stipendiyaga ega bo’lishi mumkin.