Hindiston delegatsiyasi mamlakat bosh vaziri Narendra Modi nomidan «Ipak yo’li» xalqaro turizm universitetiga Hindiston haqidagi 200 dan ortiq kitoblarni topshirdi.
Hindiston delegatsiyasi o’tgan juma kuni SHHT sammiti doirasida Samarqanddagi ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya universitet faoliyati bilan tanishdi. Universitetga berilgan kitoblar Hindistonning turli jabhalarini, jumladan siyosat, iqtisodiyot, turizm, madaniyat, tarix, arxitektura va boshqa sohalarni qamrab oladi.