Toshkent shahridagi Gyote institutida 24-may, 18:30 – 21:00da musiqaviy jem o‘tkaziladi. Barcha xohlovchilar ochiq osmon ostidagi tadbirda qatnashishi, qo‘shiq aytishi, raqsga tushishi va ko’ngil yozishi mumkin.
Goethe Jam – bu tanlov emas, balki musiqa ixlosmandlari bilan hamjihatlikda yaratiladigan oqshomdir. Tadbirda akustik asboblarga ustunlik beriladi. Musiqachilar yoki guruhlar ochiq sahnada ijro etishadi. Sahna va tovush tizimi musiqachilar va guruhlarga cheklangan vaqt uchun taqdim etiladi va bu muddat ichida ular erkin mavzuda ijro etishlari mumkin.
Alohida kontsertlardan soʻng sokin muhitda musiqa haqida muloqot qilishingiz, raqs tushishingiz yoki birgalikda musiqiy jem yaratishingiz mumkin.
Ishtirok etish uchun 2022-yil 20-maygacha [email protected] manziliga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etib, murojaat qilish soʻraladi:
- Siz qaysi asbobda ijro qilasiz?
- Nechta qoʻshiq kuylashni xohlaysiz?
- Oʻzingiz bilan qanday asboblarni olib kelasiz?
- Qanday qoʻshimcha jihozlar kerak boʻladi?