AQSHda talabalar almashinuvi xalqaro dasturi uchun qabul boshlandi. Dedlayn — 2022-yil 6-yanvar.
AQSH Davlat departamentining Madaniyat va ta’lim masalalari byurosi tomonidan oʻtkaziladigan Yevrosiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro talabalar almashinuvi dasturi 1-kursdan 3-kursgacha bo‘lgan talabalarga bir akademik semestr davomida AQSHda o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.
Dasturda 70ga yaqin Amerika kollej va universitetlari ishtirok etadi, biroq nomzodlarga oliygohni tanlash imkoniyati berilmaydi.
Dastur tashkilotchilar tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi, xususan:
• yashash joyidan AQSHda qabul qilgan oliygohgacha xalqaro aviaxarajatlar qoplanadi;
• AQSHda bepul taʼlim olish va yashash;
• ketishdan oldin koʻrsatmalar beriladi;
• AQSHga yetib borgach, onlayn koʻrsatmalar beriladi;
• dastur yakunida seminar oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.