Germaniyalik xalqaro ekspert QarDUga tashrif buyurdi

18 may kuni Qarshi davlat universitetiga ko‘plab xorijiy davlatlarda faoliyat olib borgan germaniyalik xalqaro ekspert Karl Xayns viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i O.Mavlonov va boshqa mutasaddilar ishtirokida nemis tiliga qiziqishi yuqori bo‘lgan universitet iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Karl Xayns ilm-fan va innovatsiyalar, IT va raqamlashtirish sohasidagi 30 yildan ortiq bo‘lgan tajribasiga ega ekspert sifatida viloyat yoshlarini xorijiy tillarni o‘qitish orqali zamonaviy kasblarga va ilm olishga yo‘naltirish hamda Germaniya davlatida munosib ish o‘rinlarini topish bo‘yicha qimmatli maslahatlar va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, nemis tilini o‘rganuvchilar uchun Qarshi shahrida maqsadli o‘quv kurslari tashkil etilayotganligi to‘g‘risida batafsil axborot berib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.