Germaniya bilan oliy ta’lim va fan sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Germaniyaga tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha kelishuvlarga erishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O’zbekiston-Germaniya olimlari o’rtasida muloqotni rivojlantirish maqsadida qo’shma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil etish va moliyaviy resurslarni jalb etishga kelishib oldilar.

Shuningdek, BMBF bilan hamkorlikda yosh o’zbekistonlik olimlar uchun ilmiy stajirovka dasturlarini tashkil etish hamda Germaniyaning ilg’or ilmiy muassasalari va laboratoriyalarida mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilarining malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.