«FOTOAWARD.org» fototanlovi

«FOTOAWARD.org» xalqaro fototanlovi eʼlon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 31-dekabr.

18 yoshdan katta barcha ishtirok etishi mumkin. Buning uchun saralashdan oʻtish kerak. 

Tanlovda istalgan uskunada istalgan vaqtda suratga olingan fotosuratlar qabul qilinadi. Janrlar boʻyicha nominatsiyalar yoʻq. Ishtirok etish uchun shaxsiy maʼlumotlar va suratlarni koʻrish mumkin boʻlgan istalgan sayt havolasini, shuningdek, Instagram, Facebook, Vkontakte havolasini [email protected] manziliga ariza koʻrinishida yuborish kerak. 

Gʻoliblar NIKON va HOYA kompaniyasidan diplomlar va sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Tanlov tashkilotchisi – D3.ru. 

Tanlov haqida batafsil maʼlumotni bu yerda olishingiz mumkin.