Eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi

Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini «a’lo» bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni «a’lo» bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.

O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.