QDU delegatsiyasi Egey universitetiga tashrif buyurdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan ishchi tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Turkiyaning «Mavlono» dasturi doirasidagi hamkorlik bo‘ldi.

Uchrashuv davomida QDU delegatlari xalqaro kafedra koordinatori, dotsent Altug Gunal va uning o‘rinbosari Kandash Adiguzeller bilan uchrashdi. Universitetlar vakillari hamkorlik masalalarini muhokama qilib, Turkiya dasturi yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha universitetlar oʻrtasida talabalar almashinuvi, shuningdek, oʻqituvchilar oʻrtasida malaka oshirish imkoniyatini beruvchi «Mavlono» dasturida ishtirok etish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.