29-may kuni Davlat test markazi bundan buyon xohlovchilar uchun sinov imtihonlari oʻtkazilmasligini e’lon qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 30-may 10:00gacha oʻz bilimlarini tekshirish maqsadida sinov imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish va testlarni yechishda amaliy koʻnikmaga ega boʻlish mumkin. DTM bunday sinovlarni toʻxtatishiga sabab yaqinlashib kelayotgan kirish imtihonlaridir.
Xizmat doirasida abituriyentlar o’z bilimlarini tekshirishi testlarni yechish tajribasiga ega boʻlishi mumkin. Bu esa hal qiluvchi imtihonda foyda berishi aniq.