Dekabr oyida milliy sertifikat sinovlari o’tkaziladi

Umumiy fanlar bo’yicha sertifikatlar olish uchun imtihonlarga ro’yxatdan o’tish e’lon qilinadi.

2022-yil 14-dekabrda matematika va biologiya bo’yicha milliy sertifikat, 18-dekabrda fizika, kimyo bo’yicha testlar o’tkaziladi.

12 noyabrgacha my.dtm.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Sertifikat egalari kirish imtihonlaridan ozod qilinadi va olingan sertifikat ballariga qarab maksimal ball olishlari mumkin.