Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun muborak boʻlsin!

Bu yil davlat bayrogʻimiz 30 yoshga toʻldi. Ushbu muhim sana bilan barchani tabriklaymiz.

1991-yil 18-noyabr – «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida» qonun qabul qilingan kun.

Davlat bayrogʻi, shuningdek, gerbi va madhiyasi davlat suvereniteti ramzlari sanaladi.

Davlat bayrogʻi  oʻtmish, hozir va  kelajak oʻrtasidagi mustahkam bogʻ, oʻzbek xalqining boy va faxrlangulik buyuk madaniy va tarixiy merosini, anʼanalarini asrab-avaylashga sodiqligini, oʻzbekistonliklarning tinchlik, birdamlik va yuksalishga intilishini aks etadi.

Bayrogʻimiz ranglarida xalqimizga xos bagʻrikenglik, soflik, oliyjanoblik, mardlik ifodalangan.

Oʻzbekiston bayrogʻi abadiy hilpirab tursin!