Concordia Universityʼda bepul taʼlim

Shimoliy Amerikada toʻliq moliyalashtiriladigan stipendiya izlayapsizmi? Kanadadagi Konkordiya universiteti ushbu imkoniyatni taqdim etishga tayyor. Dedlayn – 2022-yil 12-yanvar.

50 yil Concordia University Shimoliy Amerikaning yetakchi universitetlaridan hisoblanadi. Yangi avlod universiteti akademik yutuqlarini, jamiyatdagi oʻz liderligini namoyish etayotgan va jahon hamjamiyatini yaxshi tomonga oʻzgartirish niyatida boʻlgan chet ellik bakalavr talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mukofot joriy etdi.

Har yili ushbu nufuzli mukofot ixtiyoriy fakultetga qabul qilinayotgan 2 talabaga beriladi. Shuningdek, nomzodlar ularning yutuqlari va liderlik koʻnikmalarini tasdiqlay oladigan shaxs tomonidan koʻrsatilishi kerak.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Ushbu stipendiya Concordiaʼdagi yashash darajasidan kelib chiqqan holda oʻqish xarajatlari va toʻlovlari, darsliklar va yashash xarajatlarini qoplaydi. Odatda, barcha talablarga mos kelgan talabalarga stipendiya muddatini toʻrt yilgacha uzaytirish imkoniyati beriladi.

Talablar:

• Nomzod bakalavr dasturiga birinchi marta topshirayotgan boʻlishi kerak;

• Nomzod taʼlimni kunduzgi shaklda olib boradi;

• Nomzod akademik jihatdan faol boʻlishi va ilmiy yutuqlarini tasdiqlay oladigan murabbiy yoki oʻqituvchi tomonidan tavsiya etilishi kerak.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.