Bu haftada qayerga borish mumkin?

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

• Winter Fest by BeFit Yangi yilga bagʻishlangan xayriya yarmarkasi

2021-yil 5-dekabrdan 2022-yil 5-yanvargacha BeFit PROʼda Winter Fest by BeFit Yangi yilga bagʻishlangan xayriya yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Mehmonlarnk braziliyalik trener Andyʼdan zumba-fleshmoblar, Bistecca restoranidan gazaklar va BeFit Salatefiaʼdan ichimliklar, Yangi yil sovgʻasi uchun xarid qilishga suvenirlar, OU7 training va 7Saberʼdan chellenj va sovgʻalar kutadi. Kirish bepul.

• New Year Fest 2022 Yangi yil festivali

2021-yil 25-dekabrdan 2022-yil 9-yanvargacha 19:00da Humo Arena hududida bayramona New Year Fest 2022 oʻtkaziladi. Poyaxt aholisi va mehmonlarini moʻjizaviy muhit va mazali taomlar kutmoqda. Chipta narxi: 5 yoshgacha bolalar – bepul, 5 yoshdan 10 yoshgacha – 5 000 soʻm, kattalar – 10 000 soʻm.

• Cheesecake kafesida kinonamoyishlar

Cheesecake kafesida 23–29-dekabr kunlari Samsung Uzbekistanʼdan The Premiere dasturi doirasida mashhur kinolentalar namoyish etiladi. Tomosha qilish bepul.

• Sirkda «Yangi yil Neverlendiga sayohat» yangi yil dasturi

2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 9-yanvargacha «Yangi yil Neverlendiga sayohat» sirk dasturi olib boriladi. Boshlanish vaqti: 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00. Chipta narxi: 30 000 – 50 000 soʻm. 

• «Afrikada Yangi yil taʼtili» suvdagi shousi

Suv sporti saroyida «Afrikada Yangi yil taʼtili» nomli suv shousi boʻlib oʻtadi. Dasturda: sinxron suzish va suvga sakrash boʻyicha yulduzlar, akrobatlar, raqqoslar, artistlar va havo gimnastlari chiqishlari. Chipta narxi – 45 000 soʻm. 

• Ashxobod bogʻida Yangi yil archasi

Ashxobod bogʻida Yangi yil archasi oʻrnatildi. 25-dekabrdan boshlab mehmonlarni «Muz qirolichasi va ertaklar kitobi» ertagi, sirk artistlari chiqishlari, tanlovlar va sovgʻalar, estrada yulduzlari konsertlari kutadi. Kirish narxi: 5 000 soʻm.

• Depo Mallʼda yangi yil dasturi

Depo Mall savdo markazida yangi yil dasturi uyushtirilmoqda. Tashrif buyuruvchilarni shoular, bayramona master-klasslar va animatorlardan qiziqarli oʻyinlar kutadi. Birinchi qavatda Yangi yil archasi oʻrnatilgan, archa yonida esa yangi yil fotosessiyalari uchun uchta fotozona yaratilgan. Oʻtkazilish vaqti: 13:00 – 15:00, 17:00 – 19:30. Kirish bepul.

• Hiltonʼda Yangi yil kechasi

Hilton Tashkent City 31-dekabr kuni Yangi yil kechasiga taklif etadi. Dasturda: Toxir Sodiqov, Milena Madmusayeva, boshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva, illyuzionist Dima Polyakovdan shou, Double Touchʼdan raqslar va Qor bobo. Narxi: 4 000 000 soʻmdan.

• Restoranlarda Yangi yil korporativlari

Bahor

Restoran 20–30-dekabr kunlari Yangi yil korporativlariga taklif qiladi. Dasturda: Qor bobo va Qor qiz, didjey, Novellaʼdan jonli ijro, boshlovchi Alya Briz, tanlovlar va sovrinlar. Narxi: bir kishi uchun 600 000 – 700 000 soʻm.

Navvat 

20–30-dekabr kunlari restoranda Yangi yil kechalari oʻtkaziladi. Mehmonlarni jonli musiqa, didjey, sovgʻalar va shou-dasturlar kutadi. Narxi: bir kishi uchun 450 000 – 800 000 soʻm.

Registan Art Cafe

Restoran barchani 20–30-dekabr kunlari Yangi yil bayramiga taklif etadi. Dasturdan bayram shousi, Qor bobo va Qor qiz, jonli musiqa, didjey, shou-balet, tanlovlar va sovgʻalar oʻrin olgan. Narxi: bir kishi uchun 350 000 – 550 000 soʻm. 

Shedevr Garden

21–30-dekabr kunlari restoranda bayram kechalari uyushtiriladi. Mehmonlarni Qor bobo va Qor qiz, didjey, boshlovchilar chiqishlari, jonli musiqa va koʻngilochar dasturlar kutmoqda. Narxi: bir kishi uchun 485 000 – 585 000 soʻm.

Bier Regen 

Restoran 21–30-dekabr kunlari korporativlar uyushtiradi. Dasturda: Semurg guruhi va DJ Onionʼdan musiqiy dasturlar, Qor bobo va Qor qizdan tabriklar, maxsus yangi yil menyusidan taom va ichimliklar, har kuni oʻtkaziladigan tanlovlar va qimmatbaho sovgʻalar. Narxi: bir kishi uchun 565 000 va 985 000 soʻm.

Obi Hayot

21–30-dekabr kunlari restoranda bayram kechalari oʻtkaziladi. Mehmonlarni koʻngilochar dasturlar, shou-balet, Qor bobodan sovgʻalar, Sharqoniy va DJ Noirʼdan musiqiy dasturlar kutadi. Narxi: bir kishi uchun 500 000 – 700 000 soʻm.

Sultan Suleyman

Restoran 21–30-dekabr kunlari oʻtkaziladigan bayram korporativlariga taklif etadi. Dasturda boshlovchilar, didjey, jonli musiqa, Qor bobo va Qor qiz, shou-dasturlar, shuningdek, tanlov va sovgʻalar bor. Narxi: bir kishi uchun 500 000 – 700 000 soʻm.

Marakanda

20–30-dekabr kunlari restoranda Yangi yil kechalari oʻtkaziladi. Dasturda: bayram shoudi, boshlovchi, didjey va bayramona dekoratsiyalar. Narxi: bir kishi uchun 400 000 soʻmdan.

Rivojlanish: 

• Italyan rassomlar koʻrgazmasi

Tasviriy sanʼat galereyasida 2021-yil 15-dekabrdan 2022-yil 5-fevralga qadar «Ipak yoʻli: zamonaviy Italiya sanʼati va rassomlari» koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Koʻrgazma zamonaviy tarixda italyan rassomchiligi ifodasiga xos hayotiy kuchga bagʻishlangan. Koʻrgazmada 38 ta asar namoyish etiladi. Chipta narxi: talabalar, oʻquvchilar, pensionerlar uchun 5 000 soʻm, kattalar uchun 10 000 soʻm. 

• Psixoanaliz boʻyicha master-klass

28-dekabr 18:00da Human Houseʼda Yelena Yakovleva bilan psixoanalizga bagʻishlangan master-klass boʻlib oʻtadi. Master-klassda atrofdagilar bilan muloqot, oila va kollektivda munosabatlar, shuningdek, hayotning yangi tomonlari muhokama qilinadi. 

Barchaga bayramona hafta tilaymiz!