Bu haftada qayerga borish mumkin?

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

• «Turkiston» kamera orkestri konserti

29-noyabr kuni 18:30da Konservatoriyaning Katta zalida  «Turkiston» kamera orkestrining «Vladimir Yunich xotiralari» nomli konsert dasturi boʻlib oʻtadi. Dasturda P. Sarasate, N. Paganini, A. Vivaldi, J. Massney va P.I. Chaykovskiy asarlari ijro etiladi. Chipta narxi: 60 000 soʻm.

• Craft fair Tashkent 2021 koʻrgazma-yarmarkasi

4–5-dekabr kunlari Yoshlar ijodiyoti saroyida Craft fair Tashkent 2021 koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Mamlakatimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan hunarmandlar kashtachilik, milliy matolar, miniatyura, naqqoshlik, oʻymakorlik, kulolchilik va oʻyinchoqlar kabi badiiy hunarmandchilik turlarini namoyish etadilar. Shuningdek barcha xohlovchilar uchun master-klasslar tashkil etilgan. Ish jadvali: 10:00dan 19:00gacha. Kirish bepul.

• Winter Bazaar xayriya yarmarkasi

International mehmonxonasida Yangi yil kirib kelishiga bagʻishlangan Winter Bazaar xayriya yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar yarmarkada qoʻl mehnati, kulolchilik buyumlari, suvenirlar, pishiriqlar, oʻyinchoqlar, sumkalar, parfyumeriya va turli mamlakatlardan keltirilgan tovarlarni taqdim etadilar. Mablagʻlar bolalar xayriya fondiga beriladi. Ish jadvali: 10:00dan 17:00gacha. Kirish bepul.

• Anʼanaviy art-bozor 

International hotelʼda 5-dekabr kuni anʼanaviy art-bozor boʻlib oʻtadi. Yarmarkada hunarmandchilik, jumladan, Margʻilon ipak matolari, Rishton kulolchilik mahsulotlari, Buxoro oʻymakorlik va zargarlik buyumlari, Toshkentlik dizaynerlar ijod mahsullari, Shahrisabz sumka va doʻppilari, soʻzana va kashta, sandiqlar, naqqoshlik idishlari, mualliflik zargarlik buyumlari va koʻplab boshqa buyumlar namoyish etiladi. Ish jadvali: 10:00dan 18:00gacha. Kirish bepul.

Rivojlanish:

• Focus kino rejissorligi maktabiga qabul

Focus kino va teatr maktabi Zulfiqor Musoqovning kino rejissorligi maktabiga qabul boshlanganini maʼlum qiladi. Taʼlim formati ssenariylar yozish, mashqlar, repetitsiya, muhokamalar, sanʼat vakillari bilan ijodiy uchrashuvlar, mikrofilmlar, spektakllarni suratga olishdan iborat boʻladi. 

Kurs haqida batafsil:

• 120 mashgʻulotlar, haftada besh kun kechki paytda;

• Focus maktabi tinglovchilarni barcha zarur oʻquv materiallari (kitob, video- va audiomateriallar);

• imtihonda eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻquvchilarga imtiyozlar beriladi;

• taʼlimni bir necha yoʻnalishlar bilan birgalikda olib borish;

• boshqa yoʻnalishlar ham birgalikda oʻqilganda Focus maktabi 20% chegirmani kafolatlaydi.

Ikki oy uchun taʼlim narxi: 40 mashgʻulot uchun 5 million soʻm.

Qabul 22-dekabrgacha davom etadi. Joylar soni chegaralangan.

• Focus ssenaristlar maktabiga qabul

Focus kino va teatr maktabi Zulfiqor Musoqov badiiy rahbarligidagi ssenaristlar maktabiga qabul eʼlon qildi. Kurs davomiyligi 5 oy. Individual eʼtibor va har bir tinglovchi ishlarini koʻrib chiqish kafolatlanadi.

Kurs toʻgʻrisida batafsil:

• bir haftada bir marta, dam olish kunlari davomiyligi 2,5 soat boʻlgan 20 mashgʻulot;

• 5 oy uchun narxi: 3 900 000 soʻm.

Qabul bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Joylar soni chegaralangan.

• Toshkent Gullari Schoolʼda ijodiy mashgʻulotlar

Toshkent Gullari School barchani ijodiy mashgʻulotlarga taklif etadi. 

Jadval:

• 2-dekabr 15:00 – qish uchun kompozitsiya yigʻish.

Narxi: 400 000 soʻm;

• 4-dekabr 17:00 – epoksid smola boʻyicha master-klass.

Narxi: 400 000 soʻm;

• 5-dekabr 10:00dan 15:00gacha – «Ignabargli miks» intensivi.

Narxi: 600 000 soʻm;

• 6-dekabr 15:00 – «Alanga otashi» vorkshopi.

Narxi: 550 000 soʻm.

Barchaga unumli hafta tilaymiz.