Bu hafta qayerga borsa bo’ladi

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

Central Parkʼda chegirmalar

Parkda barcha atraksionlar uchun 10:00dan 18:00gacha 30% chegirma taqdim etadi. Aksiya 30-noyabrgacha davom etadi.

Ashxobod istirohat bogʻida koʻngilochar tadbirlar

Har seshanba kuni xoreograf bilan raqs dasturi namoyish etiladi. Chorshanbadan yakshanbagacha esa masxarabozlar ishtirokida shou boʻlib oʻtadi. Tadbir 20:00da boshlanadi va 30-noyabrgacha har haftada 1 soat davom etadi. 

•  Panaram’s restoranida karnaval

19-noyabrda Panaram’s restoranida karnaval boʻlib oʻtadi. Tadbir dasturidan yorqin shou va namoyishlar oʻrin olgan. Joylarni oldindan band qilish kerak.

Organ musiqasi kechasi

Davlat konservatoriyasida 19-noyabr kuni organ musiqasi kechasi boʻlib oʻtadi. Dasturda Bobir Mirsaidov ijrosidagi Bax, Vivaldi, Frank, Mendelson va boshqa iste’dodli kompozitorlarning asarlari o‘rin olgan. Chipta narxi: 50 000 – 55 000 soʻm.

Rivojlanish: 

Zamonaviy kasblarga bagʻishlangan bepul maʼruzalar

Proweb o‘quv markazi hafta davomida soat 10:00dan 19:30gacha oflayn va onlayn formatlarda raqamli kasblar bo‘yicha rus va o‘zbek tillarida bepul ma’ruzalar o‘tkazadi.

Internet-marketolog (21-noyabrgacha)

Dizayner (22-noyabrgacha)

Veb-dasturchi (23-noyabrgacha)

Maʼruzalar oʻtkazilish vaqti sana va tanlangan tilga bogʻliq boʻladi.

«Ilhom» teatridan aktyorlik kursi

Mark Vayl nomidagi «Ilhom» teatri kattalar uchun aktyorlik mahorati bo‘yicha 3 oylik intensiv kursga qabul e’lon qiladi. Kurs aktyorlik asoslari, sahna nutqi, notiqlik, pantomima va Jan Jak Lekokning masxarabozlik sanʼatini qamrab oladi. Kursni tamomlagach ishtirokchilarga sertifikat beriladi. Darslar dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 17:30dan 21:00gacha oʼtkaziladi. Narxi: oyiga 1 mln so’m.

Jama Odilovning abstraksiyaga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazmasi

Bonum Factum galereyasida “На ровном месте” nomli abstrakt rasmlari shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Rassom turli xil ijodiy texnika va mavhum asarlari bilan mashhur. Koʻrgazma 13–30-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Chipta narxi: kattalar uchun – 5 000 soʻm, talabalar uchun – 2 500 soʻm. Bolalar va qariyalar uchun kirish bepul.

Barchaga unumli hafta tilaymiz.