Bu hafta qayerga borgan ma’qul?

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

Muz saroylari

Humo Arena muz saroyi

Ish tartibi: har kuni 11:00dan 23:00gacha. Narxlar: yarim soat va bir soat uchun mos ravishda bolalar uchun 25 000 — 30 000 soʻm, kattalar uchun 45 000 — 55 000 so’m.

Ice Avenue muz saroyi

Ish tartibi: har kuni 10:00dan 22:00gacha. Narxlar: yarim soat va bir soat uchun mos ravishda bolalar uchun 15 000 — 30 000 soʻm, kattalar uchun 25 000 — 40 000 soʻm.

Ice Rink muz saroyi

Ish tartibi: har kuni 10:00dan 22:00gacha. Narxlar: yarim soat va bir soat uchun mos ravishda bolalar uchun 17 000 — 24 000 soʻm, kattalar uchun 22 000 — 36 000 soʻm.

«Sohibjamol va Maxluq» sirk dasturi

Tomoshabinlar Rossiya sirki akrabatlari, jonglyorlari, havo gimnastlari, masxarabozlari chiqishidan bahramand boʻladilar. Narxi: 30 000 – 80 000 soʻm.

«Megagalaktika» batut markazida aksiya

Har dushanba kuni 1 soat uchun toʻlab, kun davomida batut markazida vaqt oʻtkazish mumkin. Ish tartibi: har kuni 11:00 – 23:00. Narxlar: vaqtga qarab 50 000 soʻmdan 150 000 soʻmgacha. 

Anhor parkida chegirmalar

Park barcha atraksionlar uchun 30% chegirma eʼlon qildi. Aksiya 4-noyabrdan 10-noyabrgacha davom etadi. 

Rivojlanish: 

3D-mutaxassis kasbi boʻyicha bepul maʼruzalar

Proweb oʻquv markazi 15-noyabrgacha 9:30 va 19:30dan boshlab ikki soat davomida anʼanaviy va onlayn formatda rus va oʻzbek tillarida 3D-mutaxassis kasbi boʻyicha bepul maʼruzalar olib boradi.

Morozartʼdan ijodiy master-klasslar

Morozart studiyasida 3–27-noyabr davomida har kuni bir qator ijodiy master-klasslar boʻlib oʻtadi. Tashkilotchilar ishtirokchilarga turli uslublar: arab kalligrafiyasidan to feshn-illyustratsiyagacha oʻrganishni taklif etadi. Narxlar: har bir kurs uchun 150 000 soʻmdan 400 000 soʻmgacha. 

Xalqaro amaliy sanʼat koʻrgazmasi

Tadbir 8–13-noyabr kunlari O‘zbekiston badiiy akademiyasi va O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida bo‘lib o‘tadi. Bunda an’anaviy va zamonaviy amaliy san’atning yosh va mohir ustalari ishtirok etishlari mumkin. Kirish bepul.

Sizga unumli hafta tilab qolamiz.