Bu hafta qayerga borgan maʼqul

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

· Ashxobod bogʻida aksiya

24-yanvardan 28-fevralgacha Ashxobod Sayilgohi bogʻida aksiya boʻlib oʻtadi. Unga koʻra, 25 000 soʻm evaziga 25 ta attraksionda, 50 000 soʻm evaziga 30 ta, 80 000 soʻm evaziga esa 30 ta attraksion va kartingda 5 daqiqa uchish mumkin. Aksiya dushanbadan jumagacha 10:00 – 18:00da amal qiladi. 

· «Chorshanba kinobayrami» aksiyasi

Toshkent kinoteatrlarida aksiya – har chorshanba kuni 15:00gacha seanslar uchun chipta narxi 16 000 soʻm, 15:00dan keyin esa 24 000 soʻm. Aksiya Compass, Drive, Asia, Mega, Royal kinoteatrlarida amal qiladi.

· «Pushkiniana» spektakl-konserti

Alisher Navoiy nomidagi DAKT sahnasida «Pushkiniana» konserti boʻlib oʻtadi. Spektakl ikki qismdan iborat boʻlib, ular: Sergey Rahmaninov operasi «Aleko» ostida  ijro etiladigan A.S.Pushkinning «Я помню чудное мгновенье» sheʼriga bagʻishlangan Glinka romansi, shuningdek Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operasidan eng yaxshi sahnalar kompozitsiyasi. Chipta narxi: 33 000 – 110 000 soʻm.

· «Qarsildoq» baleti

Alisher Navoiy nomidagi DAKT sahnasida 28-yanvardan 5-fevralgacha 18:00da «Qarsildoq» baleti namoyish etiladi. Tomoshabinlar sevimli ertaklarining olamiga shoʻngʻib, balet shousidan rohat olishi mumkin. Chipta narxi: 33 000 – 110 000 soʻm.

·  «Sirk olamida» shou-dasturi 

Davlat sirki «Sirk olamida» nomli yangi dasturni taqdim etadi. Shou 22–23-yanvar kunlari va 29–30-yanvarda oʻtkaziladi. Dastur 15:00da boshlanadi. Chipta narxi: 30 000 – 55 000 soʻm.

Rivojlanish:

· Syurrealizm mavzusidagi shaxsiy koʻrgazma

Bonum Factum galereyasida 22-yanvardan 10-fevralgacha rassom Isomiddin Eshonqulovning «Boʻsh devorga nigoh» nomli shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Syurrealist rassom insonning ichki olami, oʻtmishi va kelajagi, shuningdek Borliqning oʻrnini yoritib berish uchun qarama-qarshi va baʼzan bemaʼni obrazlardan foydalanadi. Chipta narxi: 5 000 soʻm.

· Klassik «Aqllar jangi»

25-yanvar 19:00da Guten Pubʼda klassik «Aqllar jangi» oʻtkaziladi. Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoa tuzish, unga nom berish va roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Bir kishi uchun ishtirok narxi: 45 000 soʻm.

· Rassom va murabbiylar uchun tanlov

CEC ArtsLink fondi rassomlar hamda sanʼat va pablik-artga ijtimoiy aloqador sohalarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar uchun ochiq tanlov eʼlon qiladi. ART PROSPECT tarmogʻi dasturlar rezidensiyasi ishtirokchilarga tadqiqotlar oʻtkazish, yangi ishlar yaratish va mahalliy rassomlar hamjamiyati hamda boshqa mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini taklif etadi. Arizalar 30-dekabrgacha «Ilhom» teatrida qabul qilinadi.