Bu hafta qayerga borgan maʼqul

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

•  «Chorshanba kino bayrami» aksiyasi

Toshkent kinoteatrlarida aksiya oʻtkazilmoqda – har chorshanba kuni 15:00gacha boʻlgan barcha seanslar uchun chipta narxi 16 000 soʻm, 15:00dan keyin esa 24 000 soʻm. Aksiya Compass, Drive, Asia, Mega, Royal kinoteatrlarida amal qiladi.

•  Rolling night yopiq rollerdromi

50 kishiga moʻljallangan keng Rolling night rollerdromi barchani roliklarda uchishga taklif qiladi.  Maydon poli silliq qatlam bilan qoplangan boʻlib, yiqilishni xavfsiz qilish uchun yumshoq ustunlar ham qoʻyilgan. Ish jadvali: 10:00–22:00. Bir soat uchishning narxi: 16 yoshgacha bolalar uchun – 20 000 soʻm, kattalar uchun – 25 000 soʻm.

•  Queens’da tugʻilgan kun egalari uchun aksiya

Restoran tugʻilgan kunini nishonlayotgan barchaga 20% chegirma taklif etadi. Aksiya 11-yanvardan 30-yanvargacha oʻtkaziladi. Ish jadvali: 18:00 – 02:00.

•  Klassik musiqa konserti

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida 21-yanvar 18:30da klassik musiqa konserti boʻlib oʻtadi. Dasturga Betxoven va Brams asarlari kiritilgan. Chipta narxi: 40 000 soʻmdan.

•  «Tomiris» baleti

Alisher Navoiy nomidagi DAKT sahnasida «Tomiris» baleti boʻlib oʻtadi. Chipta narxi: 33 000 – 110 000 soʻm.

Rivojlanish:

•  Klassik «Aqllar jangi»

В Restobar Aura 18-yanvar kuni 19:00da Restobar Aurada klassik «Aqllar jangi» boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoa tuzish, unga nom berish va roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi. Ishtirok etish narxi: 45 000 soʻm.

•  «Kviz, pliz: Kino va musiqa» oʻyini

Restobar Auraʼda «Kviz, pliz: Kino va musiqa» intellektual-koʻngilochar oʻyini oʻtkaziladi. Ishtirokchilarni musiqachilar, rejissorlar, kliplar, qoʻshiqlar, kinolar va seriallarga oid savollar kutmoqda. Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoa yigʻish, unga nom qoʻyish va roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi. Ishtirok etish narxi: 40 000 soʻm. 

•  Human House’da ijodiy master-klasslar

21-yanvar 12:00da Human House’da fraktal monotipiya uslubi boʻyicha ijodiy master-klass boʻlib oʻtadi. Master-klass rassom Sharifa Sharofxojayeva tomonidan olib boriladi. Barcha materiallar narx hisobiga kiritilgan. Ishtirok narxi: 150 000 soʻm. 

•  Masterskaya’da ijodiy master-klasslar

8–30-yanvar kunlari Masterskaya art-makonida ijodiy master-klasslar oʻtkaziladi. Ishtirokchilar kulolchilik san’ati, likopchalarni boʻyash, tilla rangli kartinalarni chizish, shuningdek, kiyim va shopperlarga surat tushirishni oʻrganadilar. Ishtirok narxi: 170 000 – 350 000 soʻm.

•  Raqs master-klasslari

Human House’da 23-yanvar 18:00da Katya Dzvonikning «Vyupoints» raqs master-klassi boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar raqs harakatlari belgilar, uslublar prinsiplari, tana va joydan nostandart foydalanish hamda imrovizatsiya asoslari haqida bilib oladilar. Ishtirok narxi: 100 000 soʻm.

Barchaga samarali hafta tilaymiz.