Bu hafta qayerga borgan maʼqul

Ushbu hafta borishingiz mumkin boʻlgan joylar va tadbirlar roʻyxati.

Dam olish:

• «Eski Yangi yil» kechalari

Barvixa Club

13-yanvar kuni restoran Eski Yangi yilni birgalikda nishonlashga taklif etadi. Dasturda: MC Bad Santa, Girl Show, Special Show, didjey va salyut. Joylarni oldindan band qilish kerak.

Khan Chapan

Restoran barchani «Eski Yangi yil» kechasiga taklif qiladi. Dasturda: DJ ZOFF, Manhattan band, Sulton Qosimov, Verka Serdyuchka, Ethnic instrumental. Joylarni oldindan band qilish lozim.

• Laynerʼda Winter party 

14–15-yanvar kuni togʻ-kurort majmuasida Sizni pazandachilik, rassomchilik, yangi yil master-klasslari, kechki shou va Bilol Muzaffarov bilan jonli ijro, professor bilan fantastik laboratoriya shousi va Fenix lazer shousidan iborat quvnoq shou-dasturlar kutmoqda. Barcha tadbirlar narxi xona narxi ichida boʻladi.

• Pianist Behzod Abduraimovning xayriya konserti

«Oʻzbekiston» xalqaro forumlar saroyida 16-yanvar kuni pianist Behzod Abduraimovning xayriya konserti boʻlib oʻtadi. Dasturga S.Raxmaninovning «Paganini mavzusidagi rapsodiya», P.Chaykovskiyning «Qarsildoq», S.Yudakovning «Xorazm bayrami yurishi» va boshqa ko‘plab mashhur asarlar kiritilgan. Chipta narxi: 50 000 soʻmdan.

Rivojlanish:

• «Soʻz navbati Sizda» ijodiy loyihasi

«Ilhom» teatri ijodkor insonlarni har oyda oʻtkaziladigan yangi «Soʻz navbati Sizda» loyihasiga taklif etadi. Unda musiqachilar, shoirlar, hajvchilar, fokuschilar, aktyorlar, xonandalar, raqqosalar ishtirok etishlari mumkin. Chiqish vaqti har bir ishtirokchi uchun maksimum yetti daqiqa. Chiqishlar istalgan tilda boʻlishi mumkin. Ro‘yxatga olish ro‘yxati 12 nafar ishtirokchi arizasi qabul qilingach yopiladi.  Tomoshabinlar uchun kirish oldindan roʻyxatdan oʻtgan holda bepul. Joylar soni cheklangan.

• Klassik «Aqllar jangi»

11-yanvar kuni 19:00da Restobar Aurada klassik «Aqllar jangi» bo’lib o’tadi. Ishtirok etish uchun 2-9 kishidan iborat jamoa tuzish, unga nom berish va ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi. Har biri kishi uchun 45 000 so’mdan to’lov qilinishi lozim.

• Alisher Fayzullaev bilan jamoaviy kouching

Human Houseʼda 14-yanvardan 11-fevralgacha lektor-professor Alisher Fayzullaev bilan jamoaviy kouching elementlarini oʻz ichiga olgan yangi suhbatlar boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish narxi: 60 000 soʻm.

• Masterskayaʼda ijodiy master-klasslar

Masterskaya art-makonida 8–30-yanvar kunlari ijodiy master-klasslar oʻtkaziladi. Ishtirokchilar kulolchilik, likopchalar bo‘yash, zardo‘zlik, shuningdek, shopper va kiyim-kechaklarga surat tushirishni o‘rganadilar. Bir kishi uchun narxi: 170 000 – 350 000 soʻmgacha.

Barchaga unumli hafta tilab qolamiz.