«Bolalar uchun va bolalar toʻgʻrisidagi zamonaviy adabiyot» adabiy uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi

2021-yil 30-noyabr kuni kitobxonlar uchun xalqaro loyiha O‘zbekistonda onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi.

2021-yil 30-noyabr kuni rus adabiyotini mutolaa qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun xalqaro loyiha – «Bolalar uchun va bolalar toʻgʻrisidagi zamonaviy adabiyot» nomli adabiy uchrashuv 7 davlat: O‘zbekiston, Rossiya, Turkmaniston, Moldova, Germaniya, Xitoy, Polshada 170ga yaqin ishtirokchi bilan boʻlib oʻtdi.

Tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-resurs markazida (L.N.Tolstoy kutubxonasi) bo‘lib o‘tdi. Unda OʻzMU, SamDU rus filologiyasi fakulteti o‘qituvchi va talabalari, kutubxona xodimlari, maktab o‘qituvchilari, «Kitobxon onalar klubi» jamoat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida Sergey Belyakov, Ildar Abuzyarov, Anna Ignatova, Islom Xanipaev, Viktoriya Lebedeva, Vasiliy Avchenko, Yusupova Larisa Lvovna kabi zamonaviy rus yozuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, «Zamonaviy she’riyatni o‘qish va tushunish» mavzusida master-klass, «Zamonaviy adabiyotda “bola va internet” masalasi»ga bagʻishlangan seminar hamda «Badiiy asarda kompyuter o‘yini» darsining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir «O‘smirlar adabiyoti qanday bo‘lishi kerak» mavzusidagi davra suhbati bilan yakunlandi.

Tadbir tashkilotchilari – «Sheremetyev markazi» madaniyat va taʼlimni rivojlantirish ANТ hamda «N.I.Lobachovskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi. Loyiha Rossiya Federatsiyasi Taʼlim vazirligi tomonidan qoʼllab-quvvatlanadi.