Yunusobod mahallasida «Bahor bayrami» bo‘lib o‘tdi

Я Tadbir 15-mart kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti ko‘magida tashkil etildi.

Qayd etilishicha, bayramga tayyorgarlik erta tongdan boshlangan. Tayyorgarlikning asosiy bosqichi Navro‘z bayramining bosh taomi – sumalakni tayyorlash boʻldi.

Ta’kidlash joizki, bayramni tashkil etishda Arxitektura fakulteti talabalari va rahbariyat bilan birgalikda jamoatchilik faollari ham ishtirok etdi.